Bosh ko'targan bojalar
12+
Узбекистан2021Комедия12+
Plot
Badavlat tadbirkorning 4 ta qizi bor. U 3 ta qizini uzatgan. Kuyovlarini ta'minlab qo'ygan. Xotini bevaqt vafot etgan. O'zi esa, Salimaxonni sevadi. Аmmo, kenja qizi Sevarani uzatmaguncha uylanmoqchi emas! Uning kuyovlari qaynotasining boyligidan foydalanib yashashadi. Biri qassob, biri bozorda savdo qiladi. Uchinchisi omadi yurishmagan san'atkor. Unga qaynotasining pullari ham, muvaffaqiyat qozonishiga yordam bera olmagan. Shuning uchun ham, bu uch kuyov bojalar, bu xonadonga o'zlaridan ko'ra omadliroq kuyov kelishini istashmaydi. Ularning niyati, Sevaraga birorta lapashangroq kuyov topish! Bojalar shu niyatda harakatni boshlab yuborishadi. Ular bu niyatiga yetishadimi? O'zi Sevaraning ko'ngli kimda?