Bolasining qotili
16+
Узбекистан2022Драма16+
Plot
Bilolning ota-onasi Yusuf va Ziyoda ajrashishga ariza berishgan. Ziyoda instabloger, u kiyimlarni reklama qilib, pul ishlaydi. Folloverlari ko'p. Reklamada birovlarning bolasiga yaxshi gapiradi. Аmmo, o'z bolasiga befarq. Uyda har kuni eri bilan janjallashadi. Bilol bechora ota-onasi kelguncha podezd kutib o'tiradi. Qo'shni ayolni unga rahmi keladi. Uning onasi Ziyodaga bolasining ahvoli haqida gapirib nasihat qiladi. Аmmo, ayol uni eshitishni ham istamaydi. Kunlar shu tarzda o'taveradi. Bir kuni esa, Bilol yo'qolib qoladi... Shundagina uning otasi-onasi Yusuf va Ziyoda tashvishga tushib qolishadi va Ichki ishlar bo'limiga murojaat qilishadi. Ichki ishlar xodimi o'g'li haqida so'rab-surishtirgandagina bu befarq ota-ona o'z bolasi haqida deyarli hech narsani bilmasliklari ma'lum bo'ladi. Bilol topiladimi? Ota-ona o'z aybini tan olarmikan?