Birinchi avgust
12+
Узбекистан2019Мелодрама12+
Syujet
Bo'ri Do'stov 3 ta abituriyentdan 15 ming dollar olib, test javoblarini yechib berganlikda ayblanadi. Аslida esa, u o'zining sheriklarini yashiradi. Shunda tergovchi uning qo'liga daftar berib, hammasini yashirmay yozib berishni taklif qiladi. Bo'ri o'ylanib qoladi. So'ng, hammasi nimadan boshlanganligini eslaydi. Аslida hammasi o'zi o'qishga kirayotganda, Saida ismli qizni yoqtirib qolib, unga yordam berishdan boshlangan edi. So'ng, institut o'qituvchilaridan biri buni sezib qolib, Saidaning otasi ham institutda o'qituvchi ekanligi yuziga solib, “otangiz test javoblarini bilib bergan” deb, u va otasiga qarshi jinoiy ish ochishini aytib, unga tahdid qilgandi. Shunda Bo'ri o'sha o'qituvchining yoniga kirib, haqiqatni aytib, Saidani tinch qo'yishini so'ragan. O'qituvchi rozi bo'lib, undan tilxat yozdirib olgan. So'ng, Bo'rining onasi qishloqdan ukasini davolatish uchun keladi. Ukasining kasali og'irroq bo'lib, davolatish uchun ming dollar zarur bo'ladi. Bo'ri shaharda tanishlari yo'qligi uchun, noiloj yana o'sha o'qituvchidan yordam so'raydi. O'qituvchi esa, bundan foydalanib, Bo'ri boshqalarning test sinovlarini yashirincha yechib berishga ko'ndiradi. Shu tarzda uning yashirincha boshqalar uchun test sinovlarini yechib berish “faoliyati” boshlangan edi... Аmmo, u bu “faoliyati” unga qanchalik muammolar olib kelishini kutmagan edi...